Toppingli sanoat beton pollari
Topping — yangi quyilgan betonga ishqalab kiritiladigan quruq mustahkamlovchi aralashma. Yuqori qatlam bir necha barobar qattiq boʻladi, changimaydi va pogruzchik, aravacha hamda stellajlarga bardosh beradi.

Ishga nimalar kiradi
Polni toʻliq quramiz: asosni tayyorlash va armaturadan tortib pardozlash va himoya propitkasigacha. Toshkent, Toshkent viloyati va Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ishlaymiz.
Kvars topping omborlar, parkinglar va savdo zallari uchun mos. Korund esa ogʻir pogruzchiklar yuradigan va metall detallar tushadigan sexlar uchun.
- Asosni tayyorlash va zichlash
- Plyonka va toʻr yoki karkas bilan armatura
- Mikser va beton nasosdan betonni qabul qilish
- Toppingni 1–2 marta kiritish
- «Vertolyot» bilan zich va silliq sirtgacha pardozlash
- Propitka va deformatsion choklarni kesish
Odatiy yechim
- Beton
- M300–M400
- Topping
- kvars yoki korund
- Sarf
- 4–8 kg/m²
- Plita qalinligi
- 150–250 mm
Aniq qalinlik va beton markasini obyektda yuklamangizga qarab hisoblaymiz.
Qanday ishlaymiz
- QuyishBetonni mayoqlar boʻyicha yotqizamiz va vibroreyka bilan zichlaymiz.
- ToppingBeton kerakli mustahkamlikka yetganda aralashmani sepib, disklar bilan ishqalaymiz.
- Pardoz«Vertolyot» parraklari bilan sirtni zich va tekis holga keltiramiz.
- HimoyaBeton parvarishi uchun tarkib surtamiz, choklarni kesamiz.
Qayerda qoʻllaniladi
- Omborlar va angarlar
- Ishlab chiqarish sexlari
- Parkinglar
- Savdo zallari
- STO va garajlar
Koʻp beriladigan savollar
Kvars topping korunddan nimasi bilan farq qiladi?
Korund qattiqroq va qimmatroq: uni ogʻir texnika yuradigan sexlar uchun olishadi. Omborlar va parkinglar uchun odatda kvars yetarli.
Eski betonga topping qilsa boʻladimi?
Yoʻq, topping faqat yangi betonga kiritiladi. Eski polni silliqlab, propitka qilish mumkin — bu alohida xizmat.
Rangini tanlasa boʻladimi?
Ha, topping kulrang va rangli boʻladi. Rangni quyishdan oldin kelishamiz.
Narxni bepul hisoblaymiz
4 ta savolga javob bering — hisobni Telegram yoki WhatsApp orqali yuboramiz.