1. Bosh sahifa
  2. Xizmatlar

Ombor va angar uchun beton pol

Omborda pol — asosiy ish quroli: unda pogruzchiklar yuradi, stellajlar turadi. U tekis, mustahkam va changsiz boʻlishi kerak.

Ustunli omborda polni pardozlash

Ishga nimalar kiradi

Notekislik pogruzchik va shtabelyorlarga xalaqit beradi, chang esa tovarga oʻtiradi. Shuning uchun ombor polini yoʻnaltiruvchilar boʻyicha, toppingli mustahkam yuqori qatlam bilan qilamiz.

Stellajlar va ogʻir zonalar ostida armaturani kuchaytiramiz. Choklarni stellaj tayanchlari ostiga tushmaydigan qilib kesamiz.

  • Asosni tayyorlash
  • Yuklamaga mos armatura
  • Mayoqlar boʻyicha nasosdan beton
  • Topping va «vertolyot» pardozi
  • Choklarni kesish va germetiklash
  • Razmetka uchun asos

Odatiy yechim

Qalinlik
150–200 mm
Beton
M300–M350
Topping
kvars, 4–6 kg/m²
Armatura
1–2 qatlam

Aniq qalinlik va beton markasini obyektda yuklamangizga qarab hisoblaymiz.

Qanday ishlaymiz

  1. OʻlchovObyektga chiqib, asos va boʻlajak yuklamani koʻramiz.
  2. KarkasPlitani armaturalaymiz, sath boʻyicha yoʻnaltiruvchilar qoʻyamiz.
  3. PlitaQuyamiz, topping kiritamiz, pardozlaymiz.
  4. TopshirishChoklarni kesamiz, propitka qilamiz, razmetkaga tayyorlaymiz.

Qayerda qoʻllaniladi

  • Logistika omborlari
  • Angarlar
  • Ulgurji bazalar
  • Sovuq omborlar
  • Doʻkon omborlari

Koʻp beriladigan savollar

Stellajlarni qachon qoʻyish mumkin?

Yengil yuklama — taxminan bir haftadan keyin, toʻliq — beton mustahkamlik yigʻgach, odatda 28 kunda.

Omborni yopmasdan qismlab ishlash mumkinmi?

Ha, tartibni oldindan kelishib olsak, polni qismlab quyish mumkin.

Razmetka qilasizmi?

Razmetka uchun tekis asos tayyorlaymiz. Boʻyoqning oʻzi mustahkamlik yigʻilgandan keyin surtiladi.